Bugun O`zbekiston Kubogi 1/2 finali doirasida “Toshkent derbisi” bo`ladi

12:54, 25 oktabr

Bugun "Lokomotiv" O`zbekiston Kubogining yarim finalidan o`rin olgan dastlabki uchrashuvni o`tkazadi. "Temiryo`lchilar" TTZdagi "Lokomotiv" stadionida "Bunyodkor"ni qabul qilishadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

O`zbekiston Kubogi. 1/2 final. Birinchi uchrashuv

24 oktyabr. "Lokomotiv" stadioni. 16:00

Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), D. Pislegin (Tashkent).

Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

"Lokomotiv" avvaligi bosqichlarda "O`z-Dong Ju" va "Mash`al"ni, "Bunyodkor" esa "Obod" bilan "Metallurg"ni ortda qoldirdi.

"Lokomotiv" bosib o`tgan yo`l:

1/8 final
"Uz-Dong-Ju" - "Lokomotiv" 1:4
"Lokomotiv" - "Uz-Dong Ju" 9:0

1/4 final
"Mash`al" - "Lokomotiv" 1:4
"Lokomotiv" - "Mash`al" 1:2

"Bunyodkor" bosib o`tgan yo`l:

1/8 final
"Obod" - "Bunyodkor" 2:2
"Bunyodkor" - "Obod" 2:1

1/4 final
"Bunyodkor" - "Metallurg" 3:1
"Metallurg" - "Bunyodkor" 0:0

O`ZARO O`YINLAR

"Lokomotiv" va "Bunyodkor" shu paytgacha O`zbekiston Kubogi bahslari doirasida to`rt marta to`qnash kelgan. Shundan ikkitasida "Loko" g`alaba qozongan, bir marta durang qayd etilgan va bitta uchrashuvda "Bunyodkor" zafar quchgan.

2014 yilgi Kubok finalida mazkur jamoalar o`zaro bahs olib borishgan va bunda "Lokomotiv" raqibini mag`lub etib, o`z tarixida birinchi bor Kubok sohg`ibi bo`lgan. O`yindagi yagona gol Jasur Hasanov tomonidan kiritilgan.

2006 yil. 1/16 final
"Quruvchi" - "Lokomotiv" 1:3

2013 yil. 1/2 final
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:2

2014 yil. Final
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0

"Lokomotiv" hozircha bir bor Kubokni qo`lga kiritgan (2014 yil). "Bunyodkor" esa o`z tarixida to`rt marta O`zbekiston Kubogida g`olib bo`lgan (2008, 2010, 2012, 2013 yillarda).

"Lokomotiv" va "Bunyodkor" shu paytgacha O`zbekiston Kubogi bahslari doirasida to`rt marta to`qnash kelgan. Shundan ikkitasida "Loko" g`alaba qozongan, bir marta durang qayd etilgan va bitta uchrashuvda "Bunyodkor" zafar quchgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!