6 masalada pulni ayamaymiz!

13:02, 25 oktabr

1. Stomatolog

Tish og`rig`i kutilmaganda bezovta qilmasin desangiz, stomatolog qabuliga boring. Axir tish milklari yallig`lanishi yoki karies pulingiz bor-yo`g`ligini kutib turmaydi.

2. Sug`urta

Avtomashina sug`urtasiga pul ayadingiz: topgan foydangiz ortiqcha muammolar, asabiylashish, ba`zi tushunmovchiliklar xolos. Demak, sug`urta uchun pulni qizg`anmaymiz.

3. Yangi xaridlar

Garderob uchun tejamkorlik zarur bo`lsa-da, ba`zida his-tuyg`ularga erk berish mumkin. Axir alvon rangli yap-yangi tufli hayolingizni o`g`irlasa, sotib olishdan o`zga chorangiz qolmaydi-da. Hamyoningiz bo`shab qolsa-da, xaridingiz yonga qoladi.

4. Ta`mirlash ishlari

Hammomdan suv oqsa, quvurlar «qo`shiq» kuylasa, albatta, ta`mirlatib oling. Aks holda qo`shnining uyiga suv toshirib yoki xonadongiz «Titanik» kabi g`arq bo`lishi mumkin. O`ylab ko`ring, bunday tejamkorilk  qimmatga tushadi.

5. Hordiq chiqarish

Hamyonimiz to`lib turishini barchamiz istaymiz. Shuning uchun ham kundalik tashvishlarimizning oxiri yo`q. Shu-u-uncha mehnat qilgandan keyin yozda bir marta bo`lsa ham, dam olishga haqlimisiz, shundaymi?

6. Yangilik o`rganish

Ish joyingizda yuqori pog`onalarga ko`tarilishni istasangiz, albatta, qo`shimcha o`quv kurslariyu  treninglarda ishtirok eting. Mutaxassisligingiz bo`yicha kitoblardan pulni ayamang. Bular uchun ozgina pul sarf qilsangiz-da, foydasi ikki barobar ko`p bo`ladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!