Avstraliya istirohat bog`laridan birida baxtsiz hodisa tufayli 4 kishi halok bo`ldi

13:35, 25 oktabr

Avstraliyaning Kvinslend shtati qirg`oqlarida joylashgan Dreamworld ko`ngilochar istirohat bog`ida yuz bergan baxtsiz voqea tufayli ikki ayol va ikki erkak vafot etdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Agentlikning xabar berishicha, halok bo`lgan odamlar Thunder River Rapids attraksionida uchayotganda og`ir tan jarohati olishgan. Tibbiyot xodimlari etib kelguncha, jabrlanganlar halok bo`lgan.

Taxminlarga ko`ra, texnik nosozlik tufayli attraksion ag`darilib ketgan. Ma`muriyat bo`lib o`tgan voqea tufayli istirohat bog`ini berkitgan. Halok bo`lganlarning yoshi 32 dan 40 yoshgacha bo`lgan. Attraksion 6 kishiga mo`ljallangan bo`lib, soatiga 45 kilometr tezlikda harakat qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!