Odessada mast sudya polisiyachilar bilan poyga o`ynadi

13:47, 25 oktabr

Odessaning Ovidiopol tuman sudi sudyasi mast holda, boshqaruvida bo`lgan Nissan LEAF elektromobilida polisiyachilar bilan poyga o`ynadi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Polisiyachilar mashinani to`xtatganda, sudya mast holatda mashinani boshqargani ma`lum bo`lgan. Sudya xolislar ishtirokida tibbiy tekshiruvdan o`tishga ko`nmagan. Sudyaga nisbatan to`plangan hujjatlar qonuniy hal etish uchun Odessa shahar Primore tuman sudiga yuborilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!