Jigar uchun foydali 5 mahsulot

14:36, 25 oktabr

Spirtli ichimliklar, yog`li ovqat, oziq-ovqat mahsulotlaridagi kimyoviy qo`shimchalar, dorilar – bularning barchasi jigarimizning dushmani. Baxtimizga, uning do`stlari ham kam emas!

Laminariya

Ushbu suv o`tini “dengiz karami” deb ham atashadi. Uning barglari 5%ga algin kislotasidan iborat bo`lib, u "zararli moddalarning tabiiy utilizatori” nomini ham olgan. Alginatlar ayrim kimyoviy faol birikmalarni og`ir metallar tuzlari bilan bog`laydi, ya`ni jigarga organizmni zararli moddalardan tozalashga ko`maklashadi.

Sut mahsulotlari

Qatiq, ryajenka yoki yogurtning yog`siz turlarini iste`mol qilgan ma`qul. Ularning barchasi ichak mikroflorasini sog`lomlashtiradi va organizmdan zararli moddalarni haydaydi. Bundan tashqari, sut mahsulotlari toksinlarni o`ziga "shimib” oladi (shu jumladan, organizmga ifloslangan havo orqali tushadiganlarini ham) va ularni chiqarib tashlaydi.

Turshak

Har qaysi quruq meva konfet hamda kremli shirinliklardan ancha foydaliroq. Yaqinda mutaxassislar turshakni muntazam ravishda iste`mol qilish jigar saratoni paydo bo`lishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi.

Zaytun yog`i

Tarkibida E vitamini ko`p bo`lgan  asosiy antioksidant sanaladi. U organizmni erkin radikallar, ya`ni quyosh nuri, sigareta tutuni, ifloslangan havo va radiasiya tufayli hosil bo`ladigan moddalar ta`siridan himoya qiladi. Jigar esa aynan shu zararli moddalar bilan kurashishga ko`p kuch sarflaydi.

Qovoq

Jigar qizil va zarg`aldoq rangli etga ega meva-sabzavotlarni juda yaxshi ko`radi. Xususan, qovoqda T vitamini ko`p bo`lib, u yog`li taomning hazm bo`lishiga yordam beradi va bu bilan jigarning ishini engillashtiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!