AQSh polisiyasi daraxt libosini kiyib olgan odamni qo`lga oldi

15:04, 25 oktabr

AQShning Men shtati polisiyasi daraxt libosini kiyib, Portland shahar ko`chalaridan birida yo`l harakatiga xalaqit qilgan odamni qo`lga olgani videoga olingan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Mazkur videorolik Tvitter ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilganda, uni 12 mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan. Videorolik muallifining ma`lumot berishicha, bu odam 30 yoshli Esher Vudvort (Asher Woodworth)dir. U polisiyachilarning bergan savoliga javob berishdan bosh tortgan. Esherning yonida bo`lgan do`stining aytishicha, u daraxt libosi bilan mahalliy avtomobillar harakatini o`rganmoqchi bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!