Rejissyor Melis Abzalov 78 yoshda vafot etdi

16:30, 25 oktabr

Bugun, 25 oktyabr kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli rejissyor Melis Abzalov vafot etdi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga rejissyorning yaqinlari ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, Melis Abzalov Stokgolmda yurak huruji oqibatida vafot etdi.   

O`zbek kinosining asoschilaridan biri hisoblangan Melis Abzalov 18 noyabr kuni 78 yoshga to`lgan bo`lardi.

Fursatdan foydalanib rejissyorning yaqinlariga tahririyatimiz nomidan hamdardlik bildiramiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!