«Yong`oqzor» pirogi

16:39, 25 oktabr

Zarur masalliqlar: xamiriga: 300 gr. un, 200 gr. margarin, 100 gr. shakar, 1 dona tuxum; ichiga solishga: 2,5 stakan maydalangan yong`oq, 1 stakandan shakar va yog`li qaymoq, 50 gr. sariyog`, 2 osh qoshiq asal.

Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida eritilgan margarin shakar bilan aralashtirib, tuxum va un qo`shing. Xamirni sellofan paketga o`rab, yarim soatga muzlatkichga qo`ying. So`ngra aylana shaklda yoyib, qolipga soling-da, bir-ikkita joyiga sanchqi sanching. 180 darajada qizdirligan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying.

2. Shakarni aralashtirib turgan holda past olovga qo`ying. Qaymoq, sariyog` va asal qo`shing. Aralashtirishda davom etib, to shokolad rangga kirguncha past olovda qaynating. Oxirida maydalangan yong`oq qo`shing.

4. Qaymoqli masalliq biroz sovigach korj ustiga soling-da, pirog yuzini maydalangan yong`oq bilan bezating. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddatga muzlatkichga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

8 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!