Vulqonda pishirilgan islandcha non

16:53, 25 oktabr

Rejissyor Elison Grasso islandiyada yashovchi, vulqon yonidagi qaynoq loyni kavlab non pishiruvchi Viktor Sveynsson haqida yaratilgan qisqa metrajli filmini namoyish qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Bunday manbalarda harorat Selsiy bo`yicha 100 darajani tashkil etadi, bu pechdagi haroratdan biroz pastdir. Nonning xamiri javdar yoki bug`doy undan shakar, sut, tuz qo`shib, tayyorlanadi. Keyin tayyor bo`lgan xamir idishga solinib, vulqon yonidagi qaynoq loyga ko`miladi. Roppa-rosa bir sutkadan keyin nonni kavlab olib, saryog` bilan birga dasturxonga tortish mumkin. Elison Grassoning aytishicha, bunday non o`zining mazali ta`mi bilan oddiy nonlardan ajralib turadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!