Melis Abzalov Shvesiyada dafn etiladi

16:58, 25 oktabr

Yurak hurujidan vafot etgan taniqli rejissyor Melis Abzalov Shvesiyaning Stokgolm shahrida dafn etiladi. Bu haqda rejissyor Ali Hamroev o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi. 

“Melis Abzalov bilan vidolashuv marosimi 26 oktyabr kuni Evropa vaqti bilan soat 11:00 da Stokgolm shahridagi Kungsängen kyrkogård Kyrkvägen 35 musulmonlar qabristonida bo`lib o`tadi. Shvesiyada marhumning o`g`li va qizi yashaydi. Uning olti nafar nabirasi va olti nafar chevarasi bor.  

Rejissyorning oilasi ota va bobosini uning eng yaqin insonlari yashaydigan joyga dafn etishga qaror qildi”,—deb yozadi Ali Hamroev. 

Toshkent shahrida Melis Abzalovning qarindoshlari 26 oktyabr kuni soat 2:00da Muhammad Yusuf ko`chasi 68 uy 1 xonadonda vidolashishadi. 

Melis Abzalovning o`limi haqida rejissyor Ali Hamroevga uning qizi qo`ng`iroq qilib, ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!