Angliya Liga Kubogi. “Arsenal” qiyinchiliksiz chorak final yo`llanmasiga ega bo`ldi (Video)

09:35, 26 oktabr

Angliya Liga Kubogi 1/16 finalida “Arsenal” jamoasi quyi liga vakili "Reding"ga qarshi maydonga chiqdi.

Mazkur o`yin shiddatli va kurashlarga boy tarzda o`tdi. Unda "to`pchilar" 2:0 hisobida zafar quchdi. Har ikki golga Aleks Oksleyd-Chemberlen gol kiritib mualliflik qildi.

Shu tariqa, Arsen Venger shogirdlari musobaqaning chorak finaliga chiqdi. Ularning raqibi ertaga ma`lum bo`ladi.

“Arsenal” – “Reding” 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 33 Oksleyd-Chemberlen, 2:0 – 78 Oksleyd-Chemberlen.

“Arsenal” – Martines, Gabriel, Xolding, Djenkinson, Gibbs, El-Nenni, Ren-Adeled (Jiru, 66), Meytlend-Naylz, Oksleyd-Chemberlen (Zelalem, 80), Ivobi, Peres (Uillok, 72).

“Reding” – Al-Xabsi, Mur, Uotson (Gravenberx, 68), Blekkett, Obita, Evans, Kelli, Xerriott (Kermorgan, 56), van den Berg (Kuinn, 80), Makkliri, Semyuel.

Ogohlantirishlar: Makkliri (76), Mur (79).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!