Moskva jurnalistlar uyushmasi “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi haqida yozdi

09:50, 26 oktabr

Moskva jurnalistlar uyushmasining saytidagi “MDH mamlakatlari media makoni” sahifasida “Uzbekistan Today AAdan tarixiy sovg`a” nomli maqola chop etildi.

“Toshkentda “Uzbekistan Today” axborot agentligining 10 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda 12-tomli “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi taqdim etildi. Agentlikda nashriyot bo`limi mavud bo`lib, nashriyot O`zbekiston madaniy me`rosiga bag`ishlangan kitob-albom chiqarish bilan shug`ullanadi. Ana shulardan biri “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi bo`lib, kitob-albom o`zbek, rus va ingliz tilida chop etildi.

“Tarixiy yodgorliklarda bitilgan yozuvlarni ma`nosini echish va bir butun katalogga birlashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Qarori bilan 2011 yilda “Uzbekistan Today” ijodiy guruhi tuzildi. Olti yil davomida ushbu yirik tadqiqotni “Bahouddin Naqshbandiy yodgorlik majmuasi Markazi”, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti olimlari, Registon majmuasi direksiyasi, agentlik jurnalistlari, shuningdek “Darakchi” nashriyoti xodimlari olib borishdi”, - deyiladi maqolada.

Shuningdek Moskva jurnalistlar uyushmasining saytida mazkur loyihaning ahamiyati haqida bildirilgan fikrlar keltirib o`tilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!