Angliya Liga Kubogi. “Liverpul” “Tottenxem”ni mag`lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi (Video)

09:54, 26 oktabr

Angliya Liga kubogining 1/8 finalida "Liverpul" o`z maydonida "Tottenxem" bilan o`zaro kuch sinashdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, mersisaydliklarning g`alabasi bilan yakunlandi.

G`oliblar safida Daniel Starrij dubl muallifi bo`ldi, “Tottenxem”da Yanssek bitta gol bilan javob qaytardi.

Shu tariqa, “Liverpul” “Enfild”da Starrijning dubli evaziga “Tottenxem”ni taslim etdi va keyingi bosqichga yo`l oldi.

“Liverpul” – “Tottenxem” 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 9 Starrij, 2:0 – 64 Starrij, 2:1 – 76, penalti Yanssen.

“Liverpul” – Minole, Leyva, Klavan, Moreno, Styuart, Aleksander-Arnold (Klayn, 68), Gruyich (Jan, 89), Veynaldum, Ejaria, Origi (Ingz, 68), Starrij.

“Tottenxem” – Vorm, Devis, Vimmer, Tripper, Karter-Vikers, Uinks, Dayer (Vanyama, 67), Nkudu (Xarrison, 83), Kerroll (Lamela, 61), Onoma, Yanssen.

Ogohlantirishlar: Aleksander-Arnold (26), Ingz (82), Gruyich (84), Uinks (90), Vimmer (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!