Angliya Liga Kubogi. “Nyukasl”, “Xall Siti” va “Lids” 1/4 finalga yo`llanma oldi

10:32, 26 oktabr

Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida “Nyukasl” jamoasi o`z maydonida “Preston” futbolchilarini qabul qildi. 27-daqiqadan boshlab 1 kishi ko`p bo`lib harakat qilgan “Nyukasl” yakunda 6:0 hisobida zafar quchdi.

APL vakili “Xall Siti” quyi divizion jamoasi – “Bristol Siti” bilan kurash olib bordi va 2:1 hisobidagi kichik g`alabani ko`lga kiridi.

Yana bir o`yinda “Lids” va “Norvich” o`zaro to`qnash kelishdi. O`yinning asosiy va qo`shimcha taymlaridan keyin 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa “Lids” zafar quchdi.

Demak, chorak finalga “Xall Siti”, “Nyukasl” va “Lids” yo`llanma oldi. Oldinroq “Arsenal” va “Liverpul” musobaqaning 1/4 finaliga chiqqani haqida xabar berilgandi.  

“Bristol Siti” – “Xall Siti” 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 44 Maguayr, 0:2 – 47 Douson, 1:2 – 90 Tomlin.

“Nyukasl”Preston 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 19 Mitrovich, 2:0 – 38 Diame, 3:0 – 53, penalti Ritchi, 4:0 – 55 Mitrovich, 5:0 – 87 Diame, 6:0

“Lids” – “Norvich” 2:2 (1:1, 0:0, 0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 14 Pritchard, 1:1 – 43 Antonsson, 1:2 – 99 Oliveyra, 2:2 – 109 Vud.
Penaltilar seriyasi: 3:2.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!