Almatida 30 ta avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi

10:49, 26 oktabr

Qozog`istonning Almati shahridagi Sharqiy avtomobil aylanma yo`li muzlaganligi sababli 30 ta mashina ishtirokidagi ommaviy yo`l transport hodisasi ro`y berdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Mazkur YTH aks etgan videoni unga guvoh bo`lgan foydalanuvchi Instagram ijtimoiy tarmog`iga joylashtirgan. Videolavha tagiga “Yoz tugadi, hammayoq muzlagan. Kecha yaxmalakda 30 ta avtomashina YTHga uchradi”, deb izoh qoldirilgan.

Videoda avtomobillarning tormoz berishga behuda uringani, oqibatda ular bir-biriga to`qnashgani aks etgan. 26 oktyabrga o`tar kechasi Almati shahrida yog`ingarchilik ro`y berib, havo keskin darajada sovigan, yo`llar muzlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!