O`zbekiston delegasiyasi javob tariqasidagi tashrif bilan O`sh shahrida bo`ladi

11:19, 26 oktabr

26 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Adham Ikramov boshchiligidagi delegasiya ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida javob tariqasidagi tashrif bilan O`sh shahrida (Qirg`iziston Respublikasi) bo`ladi.

Prezident Devoni, Hukumat, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari hokimlari, davlat va ijtimoiy tuzilmalarning viloyatdagi bo`limlari, mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlari, ishbilarmon doira rahbarlari, fermerlar, ilm-fan va maorif, madaniyat va san`at arboblaridan iborat O`zbekiston delegasiyasi Qirg`izistonning yuqori mansabdor shaxslari va qo`shni Botken, Jalol-Obod va O`sh viloyatlari vakillaridan iborat delgasiya bilan uchrashuv va muzokaralar o`tkazadi. 

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar va chegara hududlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

1 oktyabr kuni Qirg`iziston bosh vazirining birinchi o`rinbosari Muhammetkaliy Abdulgaziev boshchiligidagi delegasiya O`zbekiston tomonining taklifiga binoan Andijon shahriga tashrif buyurgan edi. Uchrashuv yakunlariga ko`ra O`zaro hamkorlik to`g`risida Memorandum imzolangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!