Lola konsertiga qanday tayyorgarlik ko`radi? (Video)

11:41, 26 oktabr

Lolaning Instagramdagi sahifasiga joylagan navbatdagi video aynan shu haqda.

U konsertga tayyorgarlik jarayoni haqidagi videoni olib, uni o`z sahifasiga joyladi. Lolaning konsertga qanday tayyorlanishi haqida esa bu yilgi dastur rejissyor va xoreografi so`zlab berdi.

Rejissyorning ma`lum qilishicha, Lola konserti oldidan 3 oy emaydi, ichmaydi, uxlamaydi va boshqalarni ham uxlatmaydi.

“Lola Yo`ldosheva kim o`zi?” degan savol bilan xonanda konsertiga 27 kun qolganini ma`lum qildi va quyidagi videolavhani namoyish qildi.

Lola Yo`ldoshevaning yakkaxon konsert dasturi 21-22-23 noyabr kunlari "Istiqlol" san`at saroyida bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!