Britaniyalik qo`l-oyoqsiz bola yakka kurash bilan shug`ullanmoqda

11:49, 26 oktabr

Buyuk Britaniyaning Perranport shahrida yashovchi sakkiz yoshli Marshall Jenson ismli bola meningit kasalligi tufayli qo`l-oyog`idan mahrum bo`lganiga qaramay, yakka kurash bilan shug`ullana boshladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Marshall Jenson ijtimoiy tarmoqda jang san`ati haqidagi videoroliklarni tomosha qilgach, unda jiu-jitsu jangovor san`ati bilan shug`ullanish g`oyasi tug`ilgan. Bungacha u protez oyoq bilan “Tottenxem” futbol klubi sportchilari bilan mashg`ulotlarga qatnashgan. Yakka kurashda Jensonning protezlardan foydalanish niyati yo`q.  

Bolaning qo`llari tirsagigacha, oyog`i esa tizzasiga olib tashlangan. Ammo bunday og`ir kasallik Marshallning aqliy qobiliyatiga ta`sir ko`rsata olmagan. Otasining aytishicha, ko`pchilikning bolasining nogironligi tufayli unga rahmi keladi. Ammo Marshall hech qachon kayfiyatini tushirmay, ularga dalda berganligi bois farzandining majruhligini his qilmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!