Zidan Ronaldu har bir o`yina 2-3 ta gol urishni istaydi

11:50, 26 oktabr

“Real Madrid” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub etakchisi Krishtianu Ronalduning gol urmayotganidan havotirda emas. Lekin undan har bir uchrashuvda 2-3ta gol kiritishini xohlaydi. 

“Ronaldu har bir o`yinda 2-3ta gol urishini xohlardim. Ammo hozircha u gol urmayapti. Men bundan havotirda emasman, chunki futbolchi bunday holatlar bo`lishini yaxshi bilaman.

Ayni paytda Krishtianu vaziyatlardan unumli foydalanmasligi mumkin, lekin uning to`purarlik qobiliyatiga shubha qilmayman”, – dedi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o`tamiz, Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining so`nggi 6 o`yinida atigi 2 ta gol urdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!