Xitoy chempionatida kiritilgan eng g`alati gol (Video)

13:26, 26 oktabr

Angliyaning “Nyukasl” jamoasining sobiq futbolchisi, ayni damda Xitoy Superligasining “Shandong” klubida to`p surayotgan Papiss Sisse antiqa gol muallifi bo`ldi.

Yomg`ir ostida bo`lib o`tatgan o`yinda Sissening jamoadoshi unga to`pni oshirdi, ammo u o`zi istaganidek to`pga aniq zarba bera olmadi. Shunga qaramay, to`p uning ikkinchi oyog`iga tegib, mo``jizaviy tarzda raqib darvozasidan joy oldi.

Ma`lumot o`rnida, Papiss Sisse shu yilning yozida “Nyukasl”dan 2,5 million evro evaziga “Shandong” safiga qo`shilgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!