«Titanik» salati - baliq go`shtidan…

14:24, 26 oktabr

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 8 bo`lak sudak balig`i, 6 ta kartoshka, 50 gr. pishloq, 2 dona tuxum, 2 bosh piyoz, 1 dona rediska, 10 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 osh qoshiqdan un va sirka, salat bargi, zira, maydalangan qalampir, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkani tuz va zira solingan suvda qaynatib, rediska ikkalasini aylana shaklda to`g`rang.

2. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, 3 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida 3 daqiqa qovuring. Keyin sabzavotlarni piyoz bilan aralashtirib, to`g`ralgan salat bargi, ko`katlar, tuz va murch qo`shing. Sirka sepishni ham unutmang.

3. Tuxumni ko`pirtirib, pishloq qirindisi va qalampir soling. Baliq go`shti bo`laklarini o`rtasidan ikkiga bo`ling. Keyin unga belab, tuxumli aralashmaga botirib oling-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida ikkala tomonini ham qizartirib qovuring. Pishgach, salatga solib, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!