O`zbekiston MDHning eng himmati baland va saxovatli mamlakati deb topildi

14:25, 26 oktabr

Jahon reytingida birinchi o`rinni Myanma egalladi. 

Ikkinchi o`rinda – AQSh, uchinchi o`rinda – Avstraliya. To`rtinchi va beshinchi o`rinlarda Yangi Zelandiya va Shri Lanka. Ulardan keyingi o`rinlarda: Kanada, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, BAA. 11 o`rinda – O`zbekiston, MDH mamalkatlari orasida birinchi. 15 o`rinda – Turkmaniston.

Reytingda ko`rsatilishicha, O`zbekistonliklarning 67% — muhtoj bo`lgan notanish odamga yordam ko`rsatishga tayor, 62% — doimiy ravishda xayriya fondlariga pul o`tkazib turishadi, 27% esa – ko`ngilli ravishda xayriya ishlari bilan shug`ullanishadi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz Charities Aid Foundation ma`lumotlariga asoslanib.

Qirg`iziston – 34, Afg`oniston – 78, Tojikiston – 87, Qozog`iston – 96, Armaniston va Ozarbayjonlar – 130, 131 o`rinlarda. Belorussiya – 100 o`rinda, Ukraina – 106, Rossiya esa — 126 o`ringa joylashtirilgan. Eng oxirgi 140 o`rinda – Xitoy joylashgan.

Eslatib o`tamiz, CAF fondining ushbu so`rovi Gallup kompaniyasining butun dunyo aholisi orasida o`tkazilgan so`rovlari natijalariga ko`ra belgilangan. So`rovda dunyoning 140 mamlakatidan 148 ming kishi ishtirok etgan. Mamlakatning reytingdagi o`rni uch ko`rsatkichning o`rtacha qiymati bilan belgilanadi: Xayriya fondlarida to`plangan mablag`lar hajmi Fuqarolarning xayriya tadbirlarida qatnashishi Notanish odamlarga yordam ko`rsatish Shuni tan olish kerakki, xayriya ishlari yaxshi rivojlangan mamlakatlarning ko`pi – og`ir iqtisodiy ahvolda. Ushbu reytingning eng yuqori 20ta o`rinida — faqat 5 ta rivojlangan mamlakat o`rin olgan. Shundan xulosa qilib aytish mumkin-ki, saxovat va muruvvat darajasi tabiy ofat va boshqa falokatlar bilan bog`liq.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!