Lablaringiz jozibasiga doir 6 maslahat

14:29, 26 oktabr
  • Lablarni yumshatuvchi va oziqlantiruvchi tvorogli niqob: yarim choy qoshiq uy tvorogini bir choy qoshiq qaymoq bilan aralashtirib lablaringiz ustiga 10-15 daqiqaga qo`ying. So`ngra yuvib tashlab vazelin yoki gigienik pomada surib qo`yish kerak. Bunda qaymoq o`rniga o`simlik moyi, sut, sabzi, bodiring yoki lavlagi sharbatini ham ishlatish mumkin.
  • Mevali parvarish: Archilgan olmani qirg`ichning mayda tomonidan o`tkazing. 1 choy qoshiq pyureni yarim choy qoshiq sariq yog` bilan aralashtirib 15 daqiqaga lablaringizga qo`ying. Olmadan tashqari banan, o`rik, qovun, tarvuz mevasi, bodring va lavlagi ham to`g`ri keladi.
  • Quruq lablar parvarishi: buning eng yaxshi davosi asal, uni nafaqat lablar uchun niqob balki skrab o`rnida ham qo`llasa bo`ladi. Lablaringizga 5-10 daqiqaga asal surtib so`ng uqalab yuvib tashlang.
  • Lablarni namlantiruvchi niqob: 1 choy qoshiq smetanaga 2-3 tomchi limon sharbati, va huddi shuncha istalgan o`simlik moyini aralashmasini 15-20 daqiqa lablarga surtib qo`ying.
  • Lab terisi sho`ralaganda: tish shyotkasi yordamida asal va sariq yog`ni lab terisiga surtib 1 daqiqa davomida uqalash zarur.
  • Lablaringiz qurib ketmasligi uchun: ko`p suv iching kuniga 2 litrdan kam suv bo`lmasin. Bu nafaqat lablaringiz balki butun organizminigiz uchun foydali. Bu erda aynan suv nazarda tutilyapti kofe choy sharbatlar bundan mustasno.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!