Tumovdan allergiyagacha: 9 kasallikning «tarjimai holi»

14:58, 26 oktabr

 

 

Rinit (tumov)

Sinusit (surunkali tumov)

 

Gripp

 

 

O`RVI

Angina (bodomcha bezlar yallig`lanishi)

Belgilari

Burun bitishi, burundan suv va yiringli suyuklikning ko`p kelishi.

Maxsus dori vositalari tomizilgandan keyin ham o`tib ketmaydigan burun bitishi, harorat ko`tarilishi, bosh og`rishi

Butun badanning zirqirashi,

bo`g`im va mushaklarda og`riq,

38-39 darajali tana harorati.

Bir necha kundan keyingina tumov va yo`tal boshlanishi mumkin.

Umumiy holsizlik, haroratning biroz (37-38 darajagacha) ko`tarilishi, tomoq achishishi, avval quruq, keyin balg`amli yo`tal.

Tomoqda chidab bo`lmas og`riq, bodomcha bezlar shishishi, ba`zan harorat 40 darajagacha ko`tarilishi mumkin.

Sabablari

Turli qo`zg`atuvchilar: bakteriyalar, harorat o`zgarishi, kimyoviy preparatlar.

Har qanday tumov sinusitga olib kelishi mumkin (ayniqsa, bee`tibor qoldirilsa).

Gripp qo`zg`atuvchilari — A, V, S guruh viruslari kasal odamdan yuqadi.

Rino- yoki adenoviruslar, o`ta sovqotish, kasal odam bilan muloqot

Qo`zg`atuvchisi — streptokokk. Bodomcha bezlarning surunkali yallig`lanishi (tonzillit) va betob odam bilan muloqot kasallikka sabab bo`ladi.

Oldini olish uchun nima qilish kerak?

Burunni uqalash. Har kuni burunga sho`r suv (1 stakan suvga 1 choy qoshiq tuz solib) tortib chayqab turish foydali.

Rinitda qo`llaniladigan muolajalarni qilish kerak.

Chiniqish, immunitetni oshiradigan vositalar qabul qilish, epidemiya payti maxsus niqobsiz ko`chaga chiqmaslik, oktyabrdan aprelgacha har kuni S vitamini qabul qilish, gigiena qoidalariga rioya etish.

Grippda qo`llaniladigan muolajalarni qilish kerak.

Og`iz va tomoqdagi har qanday kasalliklarni vaqtida davolash kerak.

Qanday davolanadi?

Kasallikning ilk bosqichida ko`p miqdorda S vitamini qabul qilish lozim. Shifokor bilan maslahatlashgan holda burunga maxsus tomchilar tomiziladi.

Yod nastoykasi qo`shilgan suv bilan burunni yuvish kerak. Shifokor ko`rsatmasiga ko`ra shamollashga qarshi preparatlar qabul qilish lozim. Agar dard kuchayib ketsa, antibiotiklar buyuriladi.

Gripp virusiga hatto antibiotiklar ham ta`sir qilmaydi. Ayrim preparatlar kasallikning kechishini biroz engillashtirishi mumkin. Davolashni S vitamini qabul qilishdan boshlang.

Isitma tushiruvchi, yallig`lanishga qarshi va balg`am ko`chiruvchi vositalar qabul qilish, burun uchun maxsus purkagich (sprey)dan foydalanish, immunitetga quvvat beruvchi dorilarni ichish kerak.

Faqat yotib davolanish kerak. Tomoqni osh tuzi va margansovkali eritmalar bilan chayish foydali. Og`ir holatlarda antibiotiklar buyuriladi.

Maslahat

Ilk belgilar namoyon bo`lganda yarim stakan suvga 5 tomchi yod tomizib ichish va bir bo`lak sarimsoq piyoz iste`mol qilish yaxshi foyda beradi.

Oddiy tumovning sinusitga aylanib ketishidan saqlanish uchun quloqqa borat kislotasiga botirilgan paxta pilik qo`yiladi. Burun uchun tomchilarni haddan ortiq ishlatmang.

Issiq vannalar, gorchichniklar kabi tanani isituvchi hech narsa mumkin emas. Bu organizmning himoya xususiyatini kamaytiradi.

Kasallikning birinchi kuni har qanday isituvchi muolajalardan tiyiling. Aks holda kasallikni avj oldirib yuborasiz.

Angina ayrim infeksion xastaliklar belgisi bo`lishi ham mumkin. Shu bois anginaning ilk belgilarini sezishingiz bilanoq shifokorga murojaat qiling.

Qanday asoratlari bor?

Rinit surunkali tus olishi, undan ham yomoni, sinusitga aylanib ketishi mumkin.

Agar sinusit surunkali turga o`tib ketsa, bosh og`rig`i va hatto miyada qon aylanishining buzilishi ham kuzatiladi.

Gripp bemorda avvaldan mavjud kasalliklarni qo`zg`atish bilan birga, bronxit, zotiljam va meningit kabi xavfli asoratlarni ham qoldiradi.

Noto`g`ri davolansa, yallig`lanish jarayoni burunning yondosh bo`shliqlariga, bronxlarga va hatto o`pkaga ham o`tib ketishi mumkin.

Yaxshi davolanmasa, angina bo`g`imlar, buyraklar va hatto yurakda turli buzilishlarni yuzaga keltiradi.

 

Laringit (tomoq yallig`lanishi)

Traxeit (traxeya yallig`lanishi)

Bronxit (bronxlar yallig`lanishi)

Allergiya

Tomoq quruqlashishi, achishishi, ovoz bo`g`ilib qolishi, kasallik o`tib ketganda ovoz butunlay yo`qolishi. Harorat ba`zan birozgina oshishi mumkin.

Quruq yo`tal xuruj qilishi mumkin. Ko`pincha ovoz xirillab, nafas olish tezlashadi.

Tumov, tomoq og`rig`i bilan birga ko`krak qafasida achishish, yo`tal kuzatiladi, harorat ko`tariladi.

 Ko`z qichishishi, shishlar, tumov, toshmalar, aksirish, yo`tal va h.k.

Sovuq havodan og`iz orqali nafas olish tufayli shilliq qavat yallig`lanishi, bakteriyalar

Viruslar tufayli yuzaga keladi. Traxeit kam hollarda mustaqil ravishda uchraydi. Ko`pincha gripp va O`RKga chalinganda boshlanadi.

Ko`pincha O`RVI yoki boshqa bakterial kasallik mavjud bo`lganda yuzaga keladi. Bronxlar zaiflashuviga chekish, sovqotish kabilar ta`sir ko`rsatadi.

Immun tizimi yaxshi rivojlanmaganligi, ko`chada, uyda, oziq-ovqatlarda maishiy kimyoning ko`payib ketishi

 

Tomoq shilliq qavatini qichishtirishi mumkin bo`lgan hamma narsadan voz keching. Uy tozalayotganda maxsus doka respiratordan foydalaning.

Grippda qo`llaniladigan muolajalarni qilish kerak.

Ochiq havoda ertalabki badantarbiya, kontrast dush, suzish, nafas gimnastikasi, chekishni tashlash, har qanday shamollashni o`z vaqtida davolash.

Immunitetni chiniqtirish, allergiya chaqiruvchi mahsulotlardan parhez qilish, chang va o`tkir hidlardan uzoqroq yurish.

Gorchichniklar, bankachalar, oyoqqa issiq vannalar (gorchichnik qo`shib) mumkin. Tomoqni kuniga 2-3 marta iste`mol sodasi va yodli eritma bilan chayish kerak (yarim stakan iliq suvga yarim choy qoshiq iste`mol sodasi va 2-3 tomchi yod solinadi).

Traxeitni keltirib chiqargan kasalliklar bilan birgalikda yo`talni ham davolash kerak. Gorchichniklar, balg`am ko`chiruvchi va yo`talga qarshi vositalardan foydalaning.

O`tkir bronxtda asosiy davo choralari: ko`p suyuqlik ichish, isitma tushiruvchi va yallig`lanishga qarshi preparatlar, polivitaminlar qabul qilish.

Allergiya chaqirgan vositalar bilan kontaktga chek qo`yish lozim. Allergiyaga qarshi (antigistamin) vositalar, kalsiy, og`ir hollarda gormonal preparatlar buyuriladi.

Kechqurun uyqudan oldin asal va sariyog` qo`shilgan qaynoq sut iching. U yallig`langan tomoqni yumshatadi.

Iloji boricha tez-tez limonli qaynoq choy iching. Kam-kamdan ho`plab ichish kerak.

Bir bosh piyozni tozalab, ichini o`ying. Shakar sepib, gaz pechida pishirib oling. Har kuni bittadan mana shu tarzda piyoz eb turing.

Immun tizimi vaqt o`tishi bilan rivojlanib boradi. Shu sababli bolalarda biron mahsulot allergiya chaqirgan bo`lsa, oradan vaqt o`tgach, o`sha mahsulotdan yana ozgina berib ko`rish, agar allergik reaksiya kuzatilmasa, bosqichma-bosqich uning miqdorini orttirib borish kerak.

Oxirigacha davolanmagan laringit surunkali tusga o`tib, istalgan paytda ovoz yo`qolib qolaverishi mumkin.

Traxeit oxirigacha davolanmasa, tranxeobronxitga, bronxitga va hatto zotiljamga olib keladi.

Bronxit surunkali tus olishi, uning ortidan zotiljam, o`pka emfemizmi kabi xavfli kasalliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Kvinke shishi (og`iz va burun shilliq qavati shishishi), anafilaktik karaxtlik (bir necha daqiqada o`tkir ravishda yuzaga kelgan allergik reaksiya tufayli hushdan ketish), astma.

ShAHINA tayyorla

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!