Buyumlarni havoda uchira oladigan yaponiyalik internetni hayratga soldi(Video)

15:30, 26 oktabr

Twitter ijtimoiy tarmog`ining FustDrift  ismli foydalanuvchisi o`z sahifasiga g`aroyib qobiliyatga ega yaponiyalik keksa kishi haqidagi videorolikni joylashtirdi. Unda erkakning qo`l harakatisiz kartondan yasalgan stakan va tutatilgan sigaretni havoda uchirayotgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu xatti-harakatning qanday amalga oshirilayotganini anglolmay halak. 

Internet foydalanuvchilaridan biri yaponiyalik erkak predmetlarni ko`rinmas ipga bog`laganini, bu ishda unga kadrda ko`rinmayotgan yordamchisi ko`maklashayotganini taxmin qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!