Qaysi mevani yoqtirasiz? Shunga qarab, fe`l-atvoringizni aniqlaymiz!

16:07, 26 oktabr

Qulupnay.

Yoqimtoy, xushmuomilasiz. Hamma bilan birdek til topishasiz. Hasad sizga yot tushuncha. Arzimagan narsalar uchun asabiylashmaslikka harakat qilasiz. Biroq kuyunchak insonsiz.

Shaftoli.

Doim hammaning diqqat markazida turishni istaysiz. Ochiqo`ngil va haqiqatgo`y, kechirimlisiz. Juftingiz uchun doim suyuklisiz.

Gilos.

Nazokatli, muloyim va bag`rikeng. Tuyg`ularingiz, har bir qilgan ishingiz yurakdan. Hazil-mutoyibani sevasiz, g`iybatdan esa uzoqroq yuring.

Olma.

G`ayritabiiylikni yoqtirasiz. Doim birinchilikni intilasiz va buni uddalaysiz. Sizdan zo`r rahbar chiqadi. Sayohat qilish jonu dilingiz.

Mandarin.

Judayam odoblisiz. Muammolardan qo`rqasiz. G`ururingiz sabab o`z o`rningizni yo`qotmaysiz. Atrofingizda yaxshi do`stu yoronlarinigz ko`p. Bitta kamchiligingiz, ba`zan jiddiy ish tutmaysiz.

Banan.

Sevimli, yoqimli va jo`shqin insonsiz. Sizga o`zingizga bo`lgan ishonch etishmaydi, xolos. Hamma narsani uddalaysiz. Ammo o`zingizdan ko`nglingiz to`lmaydi.

O`rik.

Yolg`izlikni, xayol surishni yaxshi ko`rasiz. Faqat yaqin insonlaringizgagina ko`ngilingizni ochasiz. Ijodkor insonsiz, tuyg`ularingizni qog`ozga tushiring.

Apelsin.

Sabrlisiz! Yangilik yaratishni va tezkorlikni istaysiz. Umidsizlikka tez berilasiz, do`stlaringizdan ham shubhalanasiz. Unutmang, bu sizga yarashmaydi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!