O`zbek avtomobillari Tojikistonda sotila boshlanadi

16:37, 26 oktabr

O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi Tojikistonda ham yo`lga qo`yiladi, dedi O`zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shoqosim Shoislomov Sputnik nashriga. 

Bundan tashqari, ichki ehtiyojni ta`minlash maqsadida mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash bo`yicha qo`shma korxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. “Bu masalani hal etish tadbirkorlarning istaklari va bunga tayyor ekanliklariga bog`liq”, — dedi Shoislomov. 

Eslatib o`tamiz, elchi shuningdek, Tojikiston va O`zbekiston ikki davlat o`rtasidagi viza tartibini yumshatish haqida muzokara o`tkazishini ham ma`lum qildi. “Avvalo bu chegara o`tkazuv punktlarida fuqarolarning o`tishlarini engillashtirishga taalluqli. U shuningdek chegaroldi tumanlaridagi aholining chegaradan o`tishi, viza olish jarayonini soddalashtirish va boshqa masalalarni o`z ichiga oladi”, — dedi u. Shuningdek, dedi elchi, 2018 yilda Dushanbeda o`zbek mahsulotlari yarmarkasi o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!