Rossiyada yig`ilish o`tkazayotgan Medvedev evakuasiya qilindi

16:50, 26 oktabr

“Skolkovo” zalida “Innovasiya kashfiyotlari” Forumi o`tkazilayotgan vaqtda atrofni tutun qoplaganligi sababli, tadbir ishtirokchilari va Dmitriy Medvedev evakuasiya qilindi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Munozara vaqtida boshlovchi ishtirokchilardan xavfsizlikni ta`minlash maqsadida binoni tark etishni iltimos qilgan. Tadbir ishtirokchilari Rossiya federal qo`riqlash xizmati tashabbusi bilan binodan olib chiqilgan. Zaldan kuyindi hidi kelgan. Bino gumbazi ostidagi kabeldan yong`in chiqqan. Nashrning ma`lumot berishicha, yong`in ikkinchi qavatda sodir bo`lgan, ayni paytda batamom o`chirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!