London markazida o`zbek milliy taomlari restorani ish boshladi (Video)

17:02, 26 oktabr

Londonning Fisroviya tumanida (Britaniya poytaxtining markaziy qismi) «Samarqand» o`zbek milliy taomlari restorani ochildi.

Bu haqda o`z sahifalarida Londonning London Evening Standard nashri yozdi. Maqolada qayd etilishicha, agar London aholisidan o`zbek oshxonasi nimaga o`xshaydi degan savol bilan murojaat qilsangiz, ular javob berishga qiynalishadi. Bunga hayron qolmasa ham bo`ladi, o`zbek oshxonasi Britaniya poytaxtida deyarli yo`q. 

«Samarqand» restorani asoschilari ushbu vaziyatni o`zgartirishga ishonch bildirishmoqda. Restoranning an`anaviy taomnomasiga osh, lag`mon, tandir go`sht, somsa va o`zbek patirlari kiradi. 

Shuningdek restoran egalari majmuaning ichki intereriga ham e`tibor qaratishdi. Tashrif buyuruvchilar eng yaxshi an`analarda ishlangan o`zbek hunarmandlarining ishlaridan bahramand bo`lishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!