Rayhon ikkinchi marta turmushga chiqmoqda

17:09, 26 oktabr

O`zbekistonda Xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva ikkinchi bor turmushga chiqadi. Xonandaning bo`lajak turmush o`rtog`i keng ommaga yaxshi tanish boshlovchi Farxod Alimov.

Myday nashrining ishonchli manbalariga asoslanib, xabar berishicha, ushbu hodisa kelayotgan shanba kuni bo`lib o`tadi. 

Rayhon, Farxod Alimov bilan “Izlama” qo`shig`iga suratga olgan klipida ijodiy hamkorlik qilgan. Xonandaning aksariyat muxlislari videosar premerasidan so`ng, tarona va klip syujetini bevosita xonandaning hayotiga bog`lashgan edi.

Rayhon G`anievaning, Yigitali Mamadjonov bilan turmushidan ikki egizak Imron va Islom ismli farzandi bor.

Farxod Alimovning esa Bernara, Omar va Latifa ismli uch farzandi bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!