Angliya Liga Kubogi. “Vest Xem” “Chelsi”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Sautgempton” chorak finalga chiqdi

09:28, 27 oktabr

Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida "Vest Xem" va "Chelsi" o`zaro kurash olib bordi. Unda "Vest Xem" 2:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo`l oldi. Antonio Konte jamoasi esa turnir bilan xayrlashdi.

Nichorak finalning yana bir o`yinida “Sautgempton” 1:0 hisobida "Sanderlend"ni mag`lubiyatga uchratdi. Buffalning yagona goli “avliyolar”ni chorak finalga olib chiqdi.

“Vest Xem” – “Chelsi” 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 11 Kuyate, 2:0 – 48 Fernandesh, 2:1 – 90 Keyxill.
“Vest Xem” – Rendolf, Rid, Ogbonna, Kressuell, Payet, Nobl, Antonio (Zaza, 82), Obiang, Lansini (Ayyu, 78), Kuyate, Fernandesh (Feguli, 66).
“Chelsi” – Begovich, Keyxill, Terri, Aspilikueta, David Luiz, Villian, Chaloba (Azar, 63), Oskar, Kante, Ayna (Pedro, 67), Batshuayi (Diego Kosta, 54).
Ogohlantirishlar: Nobl (64), Rid (76), Kuyate (90).

“Sautgempton” – “Sanderlend” 1:0
Gol:
Bufal, 66.
“Sautgempton”: Makkarti, Stivens, Fonte, Yosida, Bufal, Rid (Klasi, 82), Isgrouv (Redmond, 72), Xoyberg, Rodriges (Olomola, 26), Uord-Praus, Makkuin.
“Sanderlend”: Pikford, Djilobodji, Kone, van Anxolt, Makneyr (Pienar, 87), Uotmor (Guch, 87), Rodvell, Xazri (Defo, 72), Ndong, Djons, Anichebe.
Ogohlantirishlar: Olomola – Xazri, Djons, Ndong.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!