Kelinlarga uy-ro`zg`ordagi oddiy 8 maslahat!

10:03, 27 oktabr
  1. Taxtali mebellarning yuzasida suv solingan idishlarning izi qolgan bo`lsa, chiziqlarning ustiga mayonez surtib qo`ying va 1 soatdan keyin artib oling. 
  2. Gilamsiz polni qirilishlardan himoyalash maqsadida stul va stol oyoqlariga maxsus “paypoq”lar kiygizish mumkin.
  3. Idish-tovoq yuvadigan gubkani quritish uchun qoq-oz qistirg`ichdan foydalanib ko`ring. 
  4. Teridaga tekkan emulsiya bo`yog`ini bolalar yog`i bilan ketkazsa bo`ladi. 
  5. Oddiy bo`r yaltiroq oshxona anjomlarini xiralashib ketishdan saqlaydi. Buning uchun qoshiq va sanchqilar bilan birga bo`rni sochiqqa o`rab qo`yish lozim.
  6. Gilamdagi stol yoki boshqa mebeldan qolgan izlarni osongina yo`qotish mumkin, buning uchun gilamning “ezilgan” erini sanchqi bilan tarashning o`zi kifoya.
  7. Iste`mol sodasi idishining og`zini ochib,  yostiq, ko`rpa va to`shak jildlari hamda sochiqlar turadigan shkafga qo`yilsa, ularni yoqimsiz hidlardan asraydi.
  8. Sitrus mevalarning po`stlog`i qahva hamda choydan qoraygan idishlarni yaxshi tozalaydi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!