Kartoshkadan pishiriq - odatiy mahsulotlardan noodatiy egulik

10:21, 27 oktabr

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 250 gr. go`sht qiymasi, 250 ml. o`simlik yog`i, 50 gr. maydalangan yong`oq, 6 ta kartoshka, 1 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq un, 1 choy qoshiq tomat, tuz, murch, zira.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarni qaynatib, ezing. Un va tuxum solib, yaxshilab aralashtiring.

2. Piyozni maydalab to`g`rab, o`simlik yog`ida qovuring. Go`sht qiymasini ham qo`shib, yana 7 daqiqa qovurishda davom eting. Keyin maydalangan yong`oq, tomat va tuz, zira solib, 3 daqiqa olovda qoldiring.

3. Kartoshkali aralashmadan aylanachalar yasab, o`rtasiga qiymadan soling. Keyin tugib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!