Zlatan Ibrahimovich “MYu”dagi faoliyatida birinchi marta golli pasni amalga oshirdi

11:05, 27 oktabr

“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ushbu klubdagi faoliyati davomida birinchi marta golli pas berdi.

Ushbu hodisa “MYu”ning “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) Angliya Liga Kubogida sodir bo`ldi. Aynan uning uzatmasidan so`ng Xuan Mata gol urdi va ushbu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

Qayd etish kerakki, shvesiyalik 35 yoshli futbolchi “MYu”dagi 14-o`yinida ushbu natijani qayd etdi. Hozirda uning hisobida 6 ta gol mavjud.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!