Gazeta muqovasida chiqqan Gavhar Sharipova aslida nashr muxbiri bilan suhbatlashmaganini ma`lum qildi

11:07, 27 oktabr

Aktrisa Gavhar Sharipovaning rasmi va intervyusi “Tasvir” gazetasining bugun sotuvga chiqqan soni muqovasida e`lon qilindi. Biroq, ma`lum bo`lishicha, aktrisa 2 yildan beri hech qaysi nashrga intervyu bermagan. 

“ Xo`sh, Mirolim Musajonov kimsiz? Va qanaqasiga 2 oy oldin kaminadan bu intervyuni olgan edingiz? Ikki yildan beri, umuman intervyu berganim yo`q-ku INSON!”,—deb yozdi aktrisa Facebook`dagi sahifasida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!