Shavkat Mirziyoev Navoz Sharifga maktub yo`lladi

11:22, 27 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Kvetta shahridagi polisiya akademiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida ko`plab insonlarning halok bo`lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo`lladi.

Davlat rahbari Pokiston Hukumati va xalqiga chuqur ta`ziya bildirdi hamda halok bo`lganlarning oila a`zolariga va jarohat olganlarga samimiy hamdardlik izhor etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!