Farhod Alimov oilasi, farzandlari va Rayhon bilan munosabatlari haqida ochiq gapirdi

11:27, 27 oktabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotgani haqida xabar bergan edik. 

Farxod Alimov Myday nashri bilan bog`lanib, Rayhon G`anieva bilan nikohi va munosabatlari borasida gapirdi: 

 “Ha, biz Rayhon bilan uchrashmoqdamiz. Ammo hali to`y haqida biror bir qarorga kelganimiz yo`q. Nikohimiz va to`yimiz 29 oktyabr kuni bo`lmaydi. Sana aniq emas. Shu kuni men, Yakkasaroy to`yxonasida xizmatda bo`laman. Ijtimoiy tarmoqlardagi omma yozayotgan bir narsaga aniqlik kiritmoqchiman, men va Rayhon ham ajrashganmiz. Nikoh, barchasi oktyabrda emas, noyabrda, balki dekabrda ham bo`lishi mumkin”.

Qayd etish joizki, Rayhon va Farxod Alimov birinchi turmushlaridan ajrashgan. Suhbatda boshlovchi bunga alohida e`tibor qaratib, birinchi nikohidan ajrashganlini ta`kidlab o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!