O`zbekistonda havo harorati ko`tariladi

15:12, 27 oktabr

Darakchi.uz nashriga O`zgidrometdan xabar berishlaricha, 2 kun sovuqdan so`ng 27 oktyabrdan termometr ustuni darajalar ko`tariladi. 

Aytish joizki, so`nggi kunlarda havo harorati iqlim me`yoridan 6-8 daraja past bo`ldi. Bu Ural hududidan sovuq havo oqimining kirib kelishi bilan bog`liq bo`ldi. 

O`zbekistondagi oktyabr oyi uchun bunday sovuq xos emas, sababi so`nggi yillarda mamlakatimizda iliq kuz kuzatiladi, deya xabar beradi O`zgidromet. 

Shunga qaramay sovuq kunlarda harorat rekordi qayd etilmadi. So`nggi marta eng sovuq oktyabr 1909 yilda qayd etilgandi – minus 11˚S.

Eng issiq oktyabr rekordi 1984 yilda qayd etilgan – +35 ˚S.
27 va 30 oktyabr kunlari poytaxtimizda yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi, 28-29 oktyabr kunlari ayrim tumanlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. 27 oktyabr kuni tunda kechasi - 2˚S sovuq -3˚S iliq, 28-30 oktyabr kunlari 2-7˚S iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!