4 kg “marixuana” olib ketayotgan bekobodlik fuqaro hibsga olindi

15:21, 27 oktabr

Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida shu shaharda yashovchi 45 yoshli shubhali shaxs to`xtatib tekshirilganida, uning qo`lidagi sumkasidan to`rt kilogrammdan ziyod “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!