Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatini ilk bor qatorasiga 6 o`yinda g`alaba qozona olmadi

15:25, 27 oktabr

“Manchester Siti” jamoasi Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag`lubiyatga uchradi.

Ushbu natijadan so`ng “Manchester Siti” turnirni tark etdi. E`tiborli tomoni shundaki, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatida ilk marta qatorasiga olti uchrashuvda g`alaba qozona olmadi, deya ma`lum qildi “Championat.com”.

Eslatib o`tamiz, Gvardiola murabbiylik faoliyatida “Barselona” va “Bavariya” klublarini boshqargan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!