O`zini kuyov deb tanishtirgan yigit 5 karatli, brilliant nikoh uzugini o`g`irladi

16:58, 27 oktabr

Moskvaning zargarlik do`konlaridan birida o`zini bo`lajak kuyov deb tanishtirgan yigit narxi to`qqiz million rubl bo`lgan, besh karatli brilliant nikoh uzugini o`g`irladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Jinoyat chorshanba, 27 oktyabr kuni kechqurun Moskvaning Xamovniki tumanidagi savdo markazlaridan birida ro`y bergan. Shaxsi noma`lum yigit sotuvchidan nikoh uzugini ko`rsatishni so`ragan, uzukni qo`lga olgach, ko`chaga qochgan. Uning qochib ketayotganligini kuzatuv kamerasi suratga olgan. 

Nashrning ma`lum qilishicha, voqea joyiga tezkor xodimlar etib kelgan. O`g`irlik yuz bergan joyda odamlarning ko`pligi, gavjum bo`lganligi bois, it yordamida jinoyatni ochishning iloji bo`lmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!