2016 yilning o`tgan davrida My.gov.uz orqali 800 mingdan ortiq murojaat qabul qilindi

17:03, 27 oktabr

2016 yilning o`tgan davrida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali 800 mingdan ortiq murojaat qabul qilingan. Ularda ko`tarilgan masalalarning aksariyatiga echim topilgan.

Bugungi kunda my.gov.uz olti yuzdan ziyod davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, idora va tashkilotni qamrab olgan. Murojaat etuvchi ariza yoki shikoyatining mazmuniga qarab uni tegishli organga jo`natish imkoniyatiga ega. Murojaat onlayn tarzda, shu vaqtning o`zida kerakli joyga etib boradi. Fuqarolarning idorama-idora yurishi, qog`ozbozlik, ortiqcha sarf-xarajatlarga ehtiyoj yo`q. O`zlarini o`ylantirayotgan savol yoki muammo yuzasidan o`z vaqtida javob olmoqda.

– 2016 yilda yagona portalda yangi 24 interaktiv davlat xizmati joriy qilindi, – deydi O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati rahbari E.Dolimov. – Bugungi kunda davlat tashkilotlariga murojaat etish hamda davlat organlari rahbarlari qabuliga yozilish kabi asosiy xizmat bilan birgalikda sog`liqni saqlash, aloqa, transport, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona, soliqqa oid 290 dan ziyod interaktiv xizmat ko`rsatilmoqda.

Yagona portal orqali tadbirkorlarga jami 190 dan ortiq turdagi interaktiv xizmat ko`rsatilmoqda. O`tgan davrda tadbirkorlardan 463 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ular yuzasidan tegishli xizmatlar ko`rsatilgan.

Internetdan foydalanish imkoniyati bo`lmagan fuqarolar uchun Yagona portalning ma`lumotlar markazi (Call-center) faoliyat yuritmoqda. Uning 1060 qisqa telefon raqami orqali joriy yilning o`tgan davrida aholidan 50 mingdan ziyod murojaat tushgan. Ularning barchasi tegishli tartibda ko`rib chiqilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!