Yaltirayotgan oyoqlar haqidagi jumboq muhokamalarga sabab bo`ldi(Foto)

17:29, 27 oktabr

@kingkayden laqabli internet foydalanuvchisi o`zining tvitter-akkauntiga joylagan fotosurat qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi, deb yozadi “Vesti”. 

Suratda yaltirayotgan oyoqlar aks etgan. Ularga esa yog` yoki bo`yoq surtilgan. Mazkur surat muallifi internet foydalanuvchilariga yuzlanib, aslida oyoqlarga nima bo`lganini so`radi. 

Bir sutkadan kamroq vaqt ichida bu yozuv 4,5 mingta “layk” yig`di.  Shu bilan birga internet foydalanuvchilari oyoqlarga nima surtilganini qizg`in muhokama qildi. Bir muddat vaqt o`tgach, jumboq o`z-o`zidan echimini topdi. Aslida ma`lum bo`lishicha, mazkur surat internetga boshqa bir foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan edi. U “oyoqlarimda bo`yoqlarni his etishni yaxshi ko`raman”, degan izoh bilan bu suratni bir oy avval Instagram`ga joylagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!