Moskvada Rossiya sobiq mudofaa vaziri Serdyukovning voyaga etmagan qizi bedarak yo`qoldi

17:50, 27 oktabr

Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukovning ikkinchi turmushidan tug`ilgan 13 yoshli qizi 16 yoshli dugonasi bilan uydan qochib ketgan, deb xabar qildi “Tjournal.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, qiz qochib ketishni ilgaridan rejalashtirgan. Uni qidirishga Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ham jalb etildi. Qiz uydan chiqib ketayotganda onasiga “Uydan ketyapman”, degan SMS xabar yuborgan. Shundan keyin  telefon darhol o`chmagani bois uning qaerdan qo`ng`iroq qilgani aniqlangan.

Qizning 16 yoshli dugonasining onasi, uning qochib ketishdan oldin o`zini g`alati tutganligini, do`kondan sayohatchilar ishlatadigan chodir sotib olganligini bayon qilgan. Qiz “Dunyoni anglash” uchun uydan ketayotganligini yaqinlariga xat orqali ma`lum qilgan. Qizining kim bilan qochib ketganligini ota-onasi FXX xodimlaridan eshitgan.

Qizni topish bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!