O`zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashini g`alaba bilan boshladi

09:59, 28 oktabr

27 oktyabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida kelasi yili Xitoyda bo`lib o`tadigan 19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining “B” guruhi bahsi o`yinlari start oldi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Ushbu guruhdan o`rin olgan O`zbekiston U19 qizlar terma jamoasi dastlabki uchrashuvda Tojikistonga qarshi maydonga chiqib, 3:0 hisobidagi g`alabga erishdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Shahnoza Qurbonova hisobni ochgan bo`lsa, Shoira Qulto`raeva 67-daqiqada hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi.

Oradan to`rt daqiqa o`tgach, jamoa sardori Malika Burxonova ham o`z hisobiga gol yozib qo`yishke muvaffaq bo`ldi.

Shu tariq O`zbekison U19 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslarini g`alaba bilan boshladi.

O`zbekistonning guruhdagi navbatdagi uchrashuvi 31 oktyabr kuni Xitoy Taypeyga qarshi bo`ladi.

U-19 ayollar o`ratsidagi Osiyo chempionati saralashi

O`zbekiston – Tojikiston 3 – 0 (1 – 0)

Gollar: Shahnoza Qurbonova (23), Shoira Qulto`raeva (67), Malika Burxonova (71).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!