Andijonlik Maftuna Abdumuxtorova xalqaro festival sovrindori bo`ldi

10:11, 28 oktabr

Joriy yil 10-15 oktyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida o`tkazilgan an`anaviy “Mug`om” xalqaro festivalida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchisi Maftuna Abdumuxtorova 3-o`rinni egalladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida musiqa va san`at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, navqiron avlod iste`dod va salohiyatini to`laqonli namoyon etishi uchun zamonaviy sharoit yaratishga qaratilgan alohida e`tibor samarasida yoshlarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlov va festivallarda Vatanimiz sharafini ulug`lamoqda. 

Dunyoning ko`plab davlatlaridan iste`dodli yoshlar ishtirok etgan festivalda Maftuna ijrosidagi milliy maqom qo`shiqlari muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Endi 13 yoshni qarshilagan Maftuna bunga qadar ham qator tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!