«Istiqlol» san`at saroyida tadbirkorlar va mas`ul idora rahbarlarining ochiq muloqoti bo`lib o`tdi

10:28, 28 oktabr

Poytaxtimizdagi «Istiqlol» san`at saroyida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq, bojxona qo`mitalari, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari mas`ul xodimlari, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmon ijrosi bilan bog`liq masalalarga e`tibor qaratildi. 

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullaev, Toshkent shahar hokimi R.Usmonov, Davlat soliq qo`mitasi raisi B.Parpiev, ichki ishlar vaziri A.Ahmadboevlar ishtirok etishdi. 

Yig`ilganlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 2016 yil 21 oktyabr kuni imzolagan "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmon mazmun-mohiyati haqida ham fikr almashishdi. 

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda videokonferensaloqa tizimi orqali poytaxtimizning barcha tumanlarida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari vakillari muloqotga qo`shilish imkoniga ega bo`ldi. Tadbirkorlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!