Xillari Klinton Mishel Obamaga saylovda g`alaba qozonsa, Oq uydagi tomorqasini qoldirishga va`da berdi

10:48, 28 oktabr

Xillari Klinton agar saylovda g`alaba qozonsa, Mishel Obamaning tashabbusi bilan tashkil etilgan Oq uydagi tomorqani, unga qoldirishga va`da berdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Demokratik partiya tomonidan prezidentlikki nomzodi ko`rsatilgan Xillari Klinton bu haqda Shimoliy Karolinada Barak Obama ishtirokida o`tkazilgan mitingda ma`lum qildi. Xillari “ajoyib tomorqa” uchun mamlakat birinchi xonimini maqtab, bu holatni uning bosh yutug`i, deb tan oldi.

“Mishel, agar saylovda yutib chiqsam, tomorqang haqida g`amxo`rlik qilishga va`da beraman”, dedi Xillari Klinton.

AQShda prezident saylovi 8 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!