Almatida bedarak yo`qolgan yigit 12 kundan keyin kompyuter klubidan topildi

11:05, 28 oktabr

Almatida 16 oktyabr kuni uydan qimmatbaho fotoapparatini olib chiqib ketgan va bedarak yo`qolgan 22 yoshli yigit qidirildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Yigitning onasi farzandini 12 kundan keyin kompyuter klubidan topganligi haqida shunday ma`lumot bergan: “Auezov tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari bilan birga shahardagi barcha kompyuter klublarini aylanib, o`g`limni kecha, tungi ikkida topdik. U kompyuter klubida o`yin o`ynayotgan ekan. O`g`lim qimmatbaho fotoapparatni lombardga topshirib, evaziga pul olgan. Pulni esa 12 kundan beri kompyuter o`yinlariga sarflagan, duch kelgan joyda tunagan. Ona sifatida farzadlarimizni kompyuter o`yinlariga tobelikdan xalos etuvchi psixolog zarurligini ma`lum qilmoqchiman. Chunki o`g`lim kompyuter o`yinlariga shu darajada berilib ketganki, uni bu yo`ldan qaytarishga kuchim etmayapti”.  

Yo`qolgan yigit — Xanapiy Qosilbekov oilada yolg`iz farzand bo`lgan, 12 kun davomida onasi qidiruvdan to`xtamagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!