Senegallik Xudia Diop terisi rangi bilan ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

11:15, 28 oktabr

Senegallik Xudia Diop modalar namoyishlari va ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Internet foydalanuvchilari uni “eng qora teri sohibasi” deb atashmoqda

Twitter, Instagram va Facebook foydalanuvchilari o`z sahifalarida 19 yoshli senegallik qizning suratlarini e`lon qilishmoqda, deb yozadi “Lenta.ru”.

Xudianing aytishicha, bolaligida uni terisi rangi uchun masxara qilishardi. 

15 yoshida Fransiyaga ko`chib o`tgan va 17 yoshida modelga aylangan Diop hozirga qadar atrofdagilarning hayratiga va ayrim hollarda masxara qilishiga sabab bo`lmoqda. 

“Ulg`ayganim sari men o`zimni sevishga va atrofdagilarning yomon munosabatiga e`tibor bermaslikka o`rgandim”,—deydi Xudia. 

Qora tanli modelning Instagram sahifasini hozirga kunda 300 ming nafar internet foydalanuvchisi kuzatib boradi. 

Diopning fikricha, o`zining ijtimoiy tarmoqlarda mashhurligi bilan u moda va go`zallik haqida orzu qiladigan minglab qora tanli ayollarga nisbatan munosabatning o`zgarishiga ta`sir ko`rsatadi. 

“Men qora tanli ayollarni ilhomlantirishni va ularni yanada kuchliroq qilishni istayman”,—deydi Xudia o`z rejalari bilan o`rtoqlashar ekan. 

Xudia ayni paytda Nyu-York va Parijda The Colored Girl Inc  agentligi bilan shartnoma imzolagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!